Vakansiya! Turk, тojik va ukrain tillari tarjimonlarini shtatdan tashqari hamkorlikka taklif qilamiz. 01.12.2015 y. ...>>>
Aktciya! Abiturienlar uchun 20% CHEGIRMA 25.06.2015 г. ...>>>
Chet ellik hamkorlar bilan muloqot bizning hayotimizning ajratib bo’lmas qismi bo’lib qolgan bir paytda tarjimonlar xizmatlari dolzarb bo’lib qoldi. Biz har xil tilda gapiradigan insonlarning bir - birini tushunishiga yordam beramiz. Hayotimizning har xil javhalarida - biznes bilan shugullanasizmi , chet elda o’qish uchun hujjatlar tayyorlaysizmi, yoki chet ellik do’stlaringiz va qarindoshlaringiznikiga mehmonga borasizmi, tarjimalar kerak bo’lyapti.
Hujjatlar tarjimasi
Hujjatlar tarjimasini o’z ishlarini ustalari, tajribali tilshunoslar amalga oshiradilar. «MEGA GLOBUS» tarjima markazida diplom, pasport, haydovchilik guvohnomasi, shahodatnoma, tug’ilganlik hakida guvohnoma, nikoh hakida guvohnomalar, xizmat shartnomalari, nizomlar va tashkilotlarni ro’yxatga olinishi hakida guvohnomalar, jihozlar yo’riknomalari, bojxona deklaratsiyalari va boshqa hujjatlar tarjimalariga buyurtma berishingiz mumkin.Chet tildan tarjimani amalga oshirishda bizning mutaxassislarimiz matn mazmunini yuqori darajada yetkazib berishga harakat qiladilar. «MEGA GLOBUS» tarjima markazida hujjatlar tarjimasiga buyurtma qila turib, siz qisqa vaqt ichida sifatli tarjima qilingan hujjat olasiz. Hujjatlar tarjimasini bizning saytimizdagi koordinatalar bo’yicha ulanib buyurtma berishingiz mumkin.
Notarial tarjima «MEGA GLOBUS» tarjima markazi jismoniy shaxslar va tashkilotlarga notarial tarjima hizmatini tavsiya qiladi. Notarial tarjimadek mas’uliyatli ishda xato bo’lishi mumkin emas, shuning uchun bizning xodimlarimiz yuridik hujjatlarga tegishli buyurtmaga maksimal darajada mas’uliyat bilan yondashadilar. Bizning tarjimonlarimiz har xil turdagi hujjatlar bilan ishlarda katta tajribaga egalar. Yuqori darajali notarial tarjima olishingiz uchun biz mutaxassislarni sinchiklab tanladik. «MEGA GLOBUS» tarjima markazida bajarilgan notarial tarjima sizni nafakat sifati bilan, balki arzon narhlari bilan qanoatlantiradi.
Apostil va legallashtirish «MEGA GLOBUS» tarjima markazi hujjatlarga apostil qo’yilishi va ularni legallashtirish bo’yicha xizmatlar tavsiya qiladi. Bir vaqtning o’zida bir necha davlatlarda teng yuridik kuchga ega bo’ladigan hujjatlarni ish yoki o’qishda chet el safarda ishlatilishi uchun apostil va legallashtirish kerak bo’ladi. Mazkur muolaja har qanday jismoniy shaxs uchun hujjatlarni boradigan davlat tiliga o’girilishi va ularga maxsus shtamp - apostil qo’yilishini o’z ichiga oladi. Shunday qilib sizning hujjatlaringiz legallashtiriladi. Legallashtirish o’z ichiga muhrni haqiqiyiligini tasdiqlash, mansabdor shaxsning imzosini haqiqiyligini tasdiqlash, hamda hujjatlarni boshqa davlatlarda qo’llanishi uchun ularni to’g’ri kelishini o’z ichiga oladi. Bizning tarjima markazimiz sizning hujjatlaringizni legallashtirib, apostil qo’ygandan so’ng ular rasmiy deb tan olinadi va qo’shimcha yuridik rasmiylashtirish talab qilinmayidi.
SAVOLLAR-JAVOBLAR
MEGA GLOBUS Бюро переводов
O’zbekiston va MDHning boshqa davlatlarida tayyorlangan notarial tarjimalar kuchga egami? ...>>>
Apostil nima ? Uni qayerda qo’yilishi mumkin? ...>>>