Vakansiya! Turk, тojik va ukrain tillari tarjimonlarini shtatdan tashqari hamkorlikka taklif qilamiz. 01.12.2015 y. ...>>>
Aktciya! Abiturienlar uchun 20% CHEGIRMA 25.06.2015 г. ...>>>
O’zbekiston va MDHning boshqa davlatlarida tayyorlangan notarial tarjimalar kuchga egami?
SAVOLLAR - JAVOBLAR
MEGA GLOBUS Бюро переводов
O’zbekiston va MDHning boshqa davlatlarida tayyorlangan notarial tarjimalar kuchga egami? ...>>>
Apostil nima ? Uni qayerda qo’yilishi mumkin? ...>>>
MEGA GLOBUS Бюро переводов
Безымянная страница
Javob: « Fukarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo’yicha huquqiy yordam va hu.quqiy munosabatlar to’g’risidagi Konventsiya»ning 13 - moddasidan ko’chirma keltiramiz. Imzolaganlar: Armeniya Respublikasi, Belarussiya Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, Uzbekiston Respublikasi, Ukraina (Minsk, 22 - yanvar 1993 y.)
13 - modda. Hujjatlarning haqiqiyligi 1.Ahdlashuvchi Tomonlarning biri hududida tayyorlangan yoki o’rnatilgan shaklda va o’z vakolati doirasida maxsus vakil shaxs yoki muassasa tomonidan guvohlangan va gerbli muhr bosilgan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonlar hududida hech qanday qo’shimcha tasdiqlashsiz qabul qilinadi
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning biri hududida rasmiy hujjat deb ko’riladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonlar hududida rasmiy hujjatlarning isbot kuchi sifatida ishlatiladi.
Apostil nima ? Uni qayerda qo’yilishi mumkin?
Javob: Vikipediyada yozilishicha: «Apostil ( fr. Apostille)» - legallashtirish shaklini tan oladigan davlatlar hududida ko’rsatish uchun hujjat qonuniyiligi haqida ma’lumotlarning xalqaro standartlashtirilgan to’ldirish shakli. «Apostil» shtampi faqat davlat namunali hujjatlar asliga qo’yiladi», sodda qilib aytganda Apostil - bu boshqa davlatga chiqishingizda Sizning hujjatingiz haqiqiyligini tasdiqlaydigan rasmiy shakl ( Gaaga Konventsiyasi ( 5- oktyabr 1961y.) qatnashchilari bo’lgan davlatlar ko’zda tutilgan).
O’zbekistonda apostil qo’yish vakolatiga ega muassasalar: Sudlardan, adliya organlari va muassasalardan chiqayotgan rasmiy hujjatlarga O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi «Apostil» qo’yadi. Prokuratura, tergov va dastlabki tergov organlaridan chiqayotgan rasmiy hujjatlarga O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi «Apostil» qo’yadi.
Ta’lim va fan sohalari tashkilotlaridan chiqayotgan rasmiy hujjatlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi «Apostil» qo’yish vakolatiga ega. Barcha boshqa rasmiy hujjatlarga O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi «Apostil» qo’yadi.